“Avariyniy”ning “avariyniy” holatida – deputat Navoiydagi temir bilan chirmab qo‘yilgan maktab haqida
Jamiyat
−
28 fevral 2021
5376Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi 21-maktab “avariyniy”ning ham “avariyniy” ahvolida. Ushbu hududdan Oliy Majlisga saylangan deputat Aqshagul Tulegenova Liberal-demokratik partiya press-klubida shu haq so‘zlab berdi.
“Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex va Zarafshon okrugidan saylangan deputatman. Ta’lim sohasini yaxshi tushunaman. Eski Tomdi ovulidagi 21-maktab “avariyniy” emas, “avariyniy”ning ham “avariyniy” holatida.
U maktabga kirdimda, jonim shirinlik qilib, yo‘lagidan qaytdim. Uyog‘iga o‘tmadim. Ustimga qulab tushishidan qo‘rqdim.
Nimaga shunday maktablar investitsiya dasturiga kiritilmaydi-da, sharoiti o‘rtacha, yana bir ikki yil foydalansa bo‘ladigan maktablar dasturga kiritiladi?
Buning bitta sababi bor, sharoiti o‘rtacha maktab shundan 5 yil oldin ham remontdan o‘tgan maktab bu yil ham nari borsa 500 million so‘m bilan o‘tadi.
21-maktab esa ta’mirlanmaydi, uni o‘rniga faqat yangi maktab qurish kerak. U maktabni rekonstruksiya qilib bo‘lmaydi. Faqat yangi maktab qurish kerak”, deya ta’kidlagan deputat.
U so‘zi davomida maktab qulab tushmasligi uchun butunlay temir bilan chirmab qo‘yilgan.
LiveBarchasi