Auksion g‘olibiga yer berish tartibi osonlashtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arixitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan:

•    “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish “Davergeokadastr” organlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi;
•    yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) u bo‘yicha xulosalar berish vakolatli tashkilotlar tomonidan faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
•    yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi;
•    yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi tasdiqlangan minimal qiymati asosida “Davergeokadastr” organlari tomonidan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng 5 kun ichida aniqlanadi;
•    yer uchastkasi “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionga uchastkaning boshlang‘ich narxi aniqlangandan so‘ng qo‘shimcha qaror qabul qilinmasdan joylashtiriladi;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, hokimlarning auksion g‘olibi nomiga yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
•    qurilish ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlarini majburiy ekspertiza qilish talab etilmaydi.

Auksion g‘olibi bo‘lgan shaxsning aybi bo‘lmaganda ma’muriy tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

er auktsion

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing