Auditor litsenziyasi qimmatlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan auditorlik faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibini tasdiqladi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Yangi tartibning quyidagi jihatlariga e’tiboringizni qaratamiz:

birinchidan, litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun arizada auditorlik tashkilotining elektron manzilini ko‘rsatish mumkin. Bu holda qabul qilingan qaror haqidagi xabarnoma avtomatlashtirilgan tizim orqali elektron shaklda keladi. Hujjatlarni yuridik shaxsning ERI bilan tasdiqlab, elektron shaklda taqdim etish mumkin;

ikkinchidan, ariza beruvchi taqdim etadigan hujjatlar paketi ancha qisqardi. Endi mehnat daftarchalari (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi auditorlar (kamida to‘rt nafar, tahr.) ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalarini ilova qilishning o‘zi kifoya;

uchinchidan, litsenziya berganlik uchun davlat boji EKIHning 4 baravaridan 10 baravarigacha oshirildi;

to‘rtinchidan, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilganidan keyin litsenziyalovchi organ yoki sud uning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladigan muddat 10 kundan 3 kungacha qisqardi.

Jarayonning qolgan jihatlariga katta o‘zgartirishlar kiritilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror auditorlik litsenziya

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing