Atom energiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirm birinchi yalpi majlisida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydlanish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi.

Mazkur qonunning maqsadi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish (bundan buyon matnda atom energiyasidan foydalanish deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun bilan quyidagilar atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari etib belgilanadi: 
•    fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi;
•    xavfsizlikning ta’minlanishi;
•    axborotning ochiqligi;
•    yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi.

Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 2 iyulda qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat atom energiyasi

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing