“Atletiko Madrid” futbolchisi vafot etdi
Sport
−
29 mart 2020
21348Ispaniyaning "Atletiko Madrid" klubi akademiyasida tahsil oluvchi 14 yoshli Kristian Minchola Sanches olamdan o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi. Futbolchi nima sababdan vafot etgani aytilmayapti. Kristian "Atletiko Madrid" akademiyasida 7 yoshidan buyon shug‘ullanib kelgan. U hujum chizig‘ida harakat qilgan va raqiblar darvozasiga 50 dan ortiq to‘p kiritgan.
"Bunday vaziyatda mutlaqo adolatsizlik hissi paydo bo‘ladi. Butun oilamizning yuragi qayg‘uga botdi. So‘nggi kunlarda biz koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab yaqinlarimizni yo‘qotdik. U atiga 14 yoshda edi", deydi "Atletiko Madrid" prezidenti Enrike Sereso.
Klub prezidenti Enrike Seresoning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi haftada bu dunyodan o‘tgan Kristian Minchola Sanches vafotiga motam belgisi sifatida "Vanda Metropolitano" ("Atletiko Madrid"ning yangi uy stadioni) stadionida klubning bayrog‘i tushirildi.
"Atletiko" klubining barcha a’zolari Kristianning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.