“Atletik Bilbao”ga “Barselona”ning sobiq ustozi murabbiy etib tayinlandi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Atletik Bilbao”ning  bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda “Atletik” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 30 iyun kuni 58 yoshli mutaxassis “Atletik”ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Qayd etish joizki, bu Valverde basklarning murabbiylik postiga uchinchi marta tayinlanishi. Bungacha u “Atletik” bilan 2003-2005 va 2013-2017 yillarda ishlagan. Ernestoning qo‘l ostidagi olti mavsumdan besh martasida “Atletik Bilbao” yevrokuboklar yo‘llanmasiga ega chiqqan. 2015 yilda esa Valverde boshchiligidagi basklar 31 yil ichida birinchi marta Ispaniya kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. O‘sha yili “Atletik” Ispaniya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Valverdening oxirgi ish joyi “Barselona” bo‘lgan. U “ko‘k anorranglilarni” 2017 yildan 2020 yilgacha boshqargan. U boshchiligidagi “Barselona” ikki marta La Ligada g‘alaba qozondi va bir martadan Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida zafar quchdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing