Atlantika okeanidagi akulalar tanasida kokain aniqlandi

Bu qiziq

image

Atlantika okeanining Braziliya sohillari yaqinidan ushlangan akulalarda kokain borligi aniqlandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Kokain sinovdan o‘tkazilgan barcha 13 ta yovvoyi braziliyalik o‘tkir burunli akulada topilgan bo‘lib, uning konsentratsiyasi boshqa suv jonzotlari uchun ilgarigi ko‘rsatkichdan 100 baravar yuqoriligi qayd etilgan. Tadqiqotchilar uzoq vaqtdan beri kontrabandachilar tomonidan dengiz suviga tashlab yuborilgan giyohvand moddalar dengiz ostidagi hayotga ta’sir qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ularning bunday to‘xtamga kelishiga joriy yilning 21 iyul kuni AQSHning Florida shtati hamda Janubiy va Markaziy Amerika atrofida tonnalab kokain topilgani sabab bo‘lgan.

Braziliyadagi Oswaldo Cruz Foundation jamg‘armasi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, akulalar okeanni ifloslantiruvchi dori vositalaridan ta’sirlangan. Olimlar kichik baliq ovlash kemalaridan sotib olingan 13 ta yovvoyi braziliyalik o‘tkir akulalarni ajratib oldi, chunki bu tur butun umrini qirg‘oq suvlarida o‘tkazadi va shuning uchun ifloslanishdan eng ko‘p ta’sirlanadi.

Qayd etish joizki, bu kokainning erkin yuradigan akulalarda mavjudligini aniqlash bo‘yicha birinchi tadqiqotdir. Uning davomida akulaning mushak to‘qimalarida jigariga qaraganda ko‘proq modda tarqalgani aniqlandi. Izlanish shuni ko‘rsatdiki, tadqiqot sohasi juda cheklangan va kokain yoki benzoilekgoninning suv hayotiga ta’siri haligacha to‘liq ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning iyun oyida AQSH Sohil xavfsizlik xizmati Karib dengizi va Atlantika okeanida 186 million dollarga baholangan 6,400 kg kokainni musodara qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sitsiliya sharqidagi dengizda og‘irligi deyarli ikki tonnaga teng kokainning katta partiyasi topilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya akula kokain Atlantika okeani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made