Atamboyevga qarshi operatsiya, Tursunovniki bo‘lgan “KapitalBank”, sudi boshlangan Nafasov va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 7avgust kunining eng muhim va dolzarb xabarlari bilan tanishing.

Haydovchilarga jarimaning 30 foizini to‘lamaslikka ruxsat beriladi

Avvalroq, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilar jarimaning 70 foizini dastlabki 15 kunda to‘lagan haydovchilar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi haqida deputatlar taklif bildirgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev 70 foiz jarimani vaqtida to‘lagan haydovchilarni jarimaning 30 foizidan ozod qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi yuzasidan ma’lumot berdi.

ISHID Suriyada qayta tiklanish arafasida – Pentagon

“Islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhi Iroqda mustahkamlanyapti va Suriyada qayta tiklanish jarayonida. AQSH Mudofaa vazirligining Iroq va Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya bo‘yicha doimiy hisobot tayyorlab boruvchi inspektorining navbatdagi ma’ruzasida shu haqda aytilgan.

Toshkent yomg‘irlar mavsumida nega Venetsiyaga aylanadi?

Joriy yilning yog‘ingarchiliklar mavsumida O‘zbekistonning turli hududlarida suv tshqinlari yuz berib, shahar ko‘chalarini suv bosdi. Jumladan, poytaxt Toshkent shahri ham suv toshqinlaridan bebaxra qolmadi

Yog‘ingarchilik mavsumida shahar ko‘chalariga nega suv toshib ketadi? Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Hayot Inog‘omov shu haqda ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi imoratlar qurilayotganda drenaj tizimi yaxshi hisobga olinmayapti.

Toshkentda 185 ming dollarlik Nissan GT-R ishtirokida YTH yuz berdi

Kecha, 6 avgust kuni Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Unda uch avtomobil to‘qnashganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri mamlakatda bor-yo‘g‘i ikkita bo‘lgan Nissan GT-R avtomobili. 

Oybek Tursunovning kompaniyasi “KapitalBank”ning aksiyalarini sotib oldi

Oybek Tursunov va Ismoil Murodov ta’sischisi hisoblangan "Promadik Invest" kompaniyasi “KapitalBank"ning 36 foiz aksiyasini sotib oldi. “Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari bu haqda guvohlik bermoqda. Bu boradagi kelishuvga 5 kuni erishilgan.

Nurxon Nafasov va uning hamtovoqlari ustidan sud ishi boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Karate Milliy federatsiyasi sobiq prezidenti Nurxon Nafasov ustidan sud jarayoni boshlandi. 

2018 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Karate Milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edik. 

MAK samolyotda namoyish qilingan behayo kadrlarga munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortida namoyish qilingan “Elisnikida mehmonda” (ingliz tilida “Home Again”, AQSH, 2017) filmidan video parcha paydo bo‘ldi. Kadrda qahramonlar bir-biridan bo‘sa olayotgani tasvirlangan.

Mazkur xabarlar ortidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Sobiq Prezidentni qo‘lga olish uchun maxsus operatsiya boshlandi

Qirg‘izistonning Chuy viloyati Koy Tosh qishlog‘ida mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlandi. Atamboyevning uyiga maxsus bo‘linma kuch bilan kirgan, voqea joyida o‘q ovozi ham eshitilgan. Kim o‘q uzgani noma’lum. Qayd etilishicha, sobiq Prezidentning tarafdorlari toshlar bilan himoyalanyapti. Vaziyat juda jiddiy tus olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing