ASUS Zenbook A16 – noutbukni sotib olishdan oldin nimalarni bilish kerak?
Biznes
−
04 iyun 1945 5 daqiqa
Noutbuk bugungi kunda – bu shunchaki ish quroli emas. U kundalik tartibning katta qismiga aylanmoqda: vazifalar o‘rtasida tezda almashishga, shaharning istalgan nuqtasidan ishlashga, uchrashuvlarga bog‘lanishga va kun davomida mahsuldor bo‘lib qolishga yordam beradi.

Aynan shunday marom uchun zamonaviy qurilmalar yaratilmoqda. ASUS Zenbook A16 – texnologiyalarni foydalanuvchiga qanday moslashishiga misol: bu yerda katta ekran yengillik bilan, unumdorlik – energiya tejamkorlik bilan uyg‘unlashadi, odatiy ish tajribasi esa, sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan to‘ldiriladi.
Darhol his etish mumkin bo‘lgan format
ASUS Zenbook A16’da e’tiborni tortadigan birinchi jihat – bu o‘lcham va mobillik o‘rtasidagi muvozanat.

Bir tomondan – 16:10 tomonlar nisbatiga ega 16 dyuymli displey bo‘lib, u hujjatlar, jadvallar va bir vaqtning o‘zida bir nechta oynalar bilan ishlash uchun ko‘proq joy beradi. Ikkinchi tomondan – vazni taxminan 1,2 kg va qalinligi 16,5 mm gacha bo‘lgan korpus, buning sharofati bilan noutbuk kundalik olib yurish uchun qulayligicha qoladi.

Bunday format ayniqsa dinamikada sezilarli: Zenbook A16’ni ryukzakda o‘zingiz bilan olib yurish, turli joylarda foydalanish oson va u og‘ir qurilma sifatida qabul qilinmaydi. U o‘ziga moslashishni talab qilmaydi – aksincha, odatiy maromga uyg‘un tarzda kirishib ketadi.
Ekran butun tajribaning markazi sifatida
Zenbook A16 3K (2880×1800) o‘lchamli va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega ASUS Lumina OLED displeyi bilan jihozlangan. Biroq raqamlar ortida mutlaqo aniq foydalanuvchi tajribasi yotadi.

Ekran DCI-P3 rang makonini 100% qoplaydi, 1 000 000:1 gacha kontrast va taxminan 0,2 ms javob qaytarish vaqtini ta’minlaydi. Eng yuqori yorqinlik 1100 nitga yetadi, bu hatto yorug‘ muhitda ham qulay ishlash imkonini beradi.
Natijada foydalanuvchi yuqori darajadagi tasvir aniqligi, to‘yingan ranglar va chuqur qora rangga ega bo‘ladi. Interfeys ravon ko‘rinadi, uzoq vaqt ishlaganda ham matn aniqligicha qoladi, video ko‘rish va vizual kontent bilan ishlash esa, sezilarli darajada qulaylashadi.

Bundan tashqari, OLED-panel ko‘k yorug‘lik darajasini taxminan 70% ga kamaytiradi, bu ekran qarshisida uzoq vaqt ishlashda juda muhimdir.
Material va qurilmaning his etilishi
Zenbook A16 korpusi mustahkamlikni oshirish va vaznni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan. Brendning xususiy materiali – Ceraluminum (alyumooksidli keramika)dan tayyorlangan.

Bunday material an’anaviy alyuminiydan taxminan 30% ga yengilroq va shu bilan birga yeyilishga nisbatan yuqori chidamlilikka ega. U tirnalishlarga yaxshiroq qarshilik ko‘rsatadi, kirlanishga kamroq moil va hatto faol foydalanilganda ham ozoda tashqi ko‘rinishini saqlab qoladi.
Qurilma qo‘lda yengil, ammo ayni paytda mustahkam seziladi. Sirti mat qoplamali, ushlaganda yoqimli va doimiy parvarishni talab qilmaydi. Bu ofisdan tortib, safarlar va uydan tashqarida ishlashgacha bo‘lgan turli sharoitlarda qo‘llaniladigan noutbuk uchun muhim jihatdir.

Ortiqcha shovqinsiz unumdorlik
Zenbook A16 ichiga zamonaviy texnologik jarayon asosida qurilgan hamda 4,7–5 GGs gacha chastotali 18 ta yadro bilan jihozlangan yangi avlod Snapdragon X2 Elite Extreme protsessori o‘rnatilgan.
Platforma 228 GB/s gacha bo‘lgan yuqori xotira o‘tkazish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va 48 GB gacha LPDDR5X tezkor xotirasi hamda 2 TB gacha bo‘lgan tezkor PCIe 4.0 SSD drayveri bilan birgalikda ishlaydi.

Amalda bu tizimning tezkor javob berishi, ko‘p vazifali rejimda barqaror ishlash va kundalik ssenariylarda ishonchli unumdorlikni anglatadi: o‘nlab varaqlar ochiq bo‘lgan brauzer va ofis ilovalaridan tortib, grafika, video montaj va dasturlashgacha.
Shu bilan birga, noutbuk shovqinsiz qoladi – yengil vazifalarda shovqin darajasi 25 dB dan pastga tushishi mumkin, sovutish tizimi esa, qizib ketmasdan yuklamalarni samarali yengib o‘tadi.
Energiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratilgan: unumdorlik hatto akkumulyatordan ishlaganda ham, quvvatning keskin pasayishisiz saqlanib qoladi.
Odat tusiga kirayotgan AI-funksiyalari
Zenbook A16 Copilot+ PC toifasiga kiradi, bu esa uning tarkibida unumdorligi 80 TOPS gacha bo‘lgan Qualcomm Hexagon NPU o‘rnatilgan neyroprotsessori borligini anglatadi. Ushbu blok sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni qayta ishlash uchun javobgar bo‘lib, CPU va GPU zimmasidagi yuklamani kamaytiradi.
Foydalanuvchi tajribasida bu yangi avlod Windows funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi: tizim bo‘yicha intellektual qidiruv, tarjima qilinadigan avtomatik subtitrlar, matn va tasvirlar bilan ishlash asboblari, shuningdek, Windows Studio Effects orqali videoaloqaning yaxshilangan imkoniyatlari.
Bularning barchasini Copilot assistenti to‘ldiradi, u ma’lumotlarni tezroq topishda, vazifalarni tarkiblashtirishda va tizim bilan tabiiyroq muloqot qilishda yordam beradi. Vaqt o‘tishi bilan bunday vositalar alohida funksiya sifatida qabul qilinmay qoladi – ular odatiy ish jarayonining bir qismiga aylanadi.
Ishonchli avtonomlik
Kundalik hayotda nafaqat noutbuk nimalarga qodirligi, balki u buni quvvatlantirmasdan qancha vaqt davomida bajara olishi ham muhimdir. Zenbook A16 70 Vt·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan hamda videoni namoyish etish rejimida 21 soatgacha, veb-ssenariylarda esa, 12 soatgacha ishlashga qodir.
Bu esa, ko‘proq erkinlik beradi: kun davomida bemalol ishlash, noutbukni uchrashuvlarga yoki safarlarga olib borish va rozetka haqida o‘ylamaslik mumkin. USB-C (Power Delivery) orqali quvvatlantirishni qo‘llab-quvvatlashi jarayonni moslanuvchan qiladi – qurilmani turli adapterlarga, jumladan portativ akkumulyatorlarga ham ulash mumkin.

Foydalanuvchilar uchun ASUS Perfect Warranty dasturi mavjud. U standart kafolatga kirmaydigan holatlarni: tasodifiy tushib ketishlar, suyuqlik bilan zararlanish, kuchlanishning sakrashi va boshqa jismoniy shikastlanishlarni qoplaydi.
Dasturdan foydalanish uchun qurilmani xarid qilingan kundan boshlab 90 kun ichida ASUS tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.
.jpg)
Yaqin vaqt ichida 2026-yilgi Zenbook A16 modelini O‘zbekistonning elektronika do‘konlaridan, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori – nout.uz saytidan xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi