Asteriksning “otasi” 92 yoshida vafot etdi

Olam

image

Asteriks haqida komikslar yaratgan Albert Uderzo 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni BBC News nashri xabar berdi.

"Albert Uderzo Neyilli shahridagi uyida yurak xurujidan vafot etdi", dedi uning kuyovi Bernard de Choysi.

Ma’lumot uchun, Rim imperiyasiga qarshi kurashgan Galliya jangchilarining sarguzashtlari haqidagi kitoblar birinchi marta 1959 yilda "Franco-Belgia Pilote" jurnalida paydo bo‘lgan. Uderzo yozuv ishlarini 1977 yilda do‘sti va hikoyalar muallifi Rene Gosinnining vafotidan keyin o‘z qo‘liga olgan.

Komikslar yaratilishi shu kungacha davom etib kelmoqda. Oxirgi kitob, "Asteriks va Liderning qizi" o‘tgan yilning oktyabr oyida chiqarildi.

Asteriks sarguzashtlari haqida bir qancha multfilm va kinolar suratga olingan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Asteriks Judolik

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar