Assalom, yangi hayot!
Biznes
−
07 iyun 2021
8302Ikki yil davomida Golden House do‘stona «Assalom» nomi ostida beshta noyob va shinam turar joy majmualarini taqdim etdi va ular poytaxt aholisining ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Ayni damda Assalom majmualaridan xonadon xarid qilganlar Turkiyaga sayohat yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi!
Yangi hayotga olib boruvchi besh eshik
Assalom turar joy majmualari bir g‘oya ostida birlashtirilgan — aholini qulay va yorqin voqelikka olib kirish. Assalom Do‘rmon Yo‘li, Assalom Maxtumquli, Assalom Maxtumquli 2, Assalom Havo va Assalom Sohil turar joy majmualari qurilish va jihozlashning barcha zamonaviy tamoyillarini inobatga olgan holda bajarilgan takrorlanmas loyihalardir. Bu majmualarning barchasi energiya tejovchi konstruksiyalar yordamida qurilishning yig‘ma-monolit uslubida barpo qilingan. Ular shahar markazining yaqinida joylashgan, ammo, shu bilan birga, o‘simliklar va toza havoga boy bo‘lgan joylarda qad ko‘targan. Golden House ushbu xonadonlarni tayyor ta’mirlangan holda taqdim etadi — siz yangi hayot uchun dadil qadam qo‘ysangiz bas.
Assalom Sohil majmuasi barcha zarur infrastrukturaga ega mustaqil kvartal bo‘lib, “Shahar ichidagi shahar” nomli xalqaro maqomga loyiq eng yaxshi loyiha deb topilgan. Majmua Yashnobod tumanidagi sohil bo‘yida joylashgan, shu bois u toza va tetiklashtiruvchi havoga boy. O‘zgaruvchan qavatli (1–16 qavat) ajoyib binolarda turli tarhdagi ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar sotuvga qo‘yilgan.
Assalom Maxtumquli majmuasi sotuvlari yakunlangan va unga to‘liq ko‘chib o‘tilgan, shu bois developer xuddi shu Assalom ko‘chasida joylashgan Assalom Maxtumquli 2 majmuasini qurmoqda. Yorqin va g‘aroyib to‘qqiz qavatli binolar poytaxtdagi ilk va yagona uch qavatli yo‘l tarmog‘i yaqinida barpo qilinmoqda, bu esa Toshkentning kerakli nuqtasigacha tezda yetib olish imkonini beradi. Majmuada tog‘li manzaralarga ega ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar mavjud.
Sotuvlarning keyingi yetakchisi — Assalom Do‘rmon Yo‘li TJM. U Mirzo Ulug‘bek tumaning Temur Malik va Do‘rmon Yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan va uning 80 foizi to‘lib bo‘lgan. Majmua barcha Assalom'lar kabi uzun ish kunidan keyin dam olish uchun kerakli imkoniyatyalarga ega. Bu yerda xiyobon va sayr yo‘laklari, Gulshan nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i mavjud. Developer tomonidan turli tarhlarga ega bir, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar taklif etilmoqda.
Yaqin kunlarda Assalom loyihasining bir qismiga aylangan yangi bir majmua paydo bo‘ldi. Yevropa standartlariga javob beruvchi uylarda tabiat sokinligi va zamonaviy hayot jo‘shqinligi mujassam bo‘lgan. Bularning barchasi — Assalom Havo! Ushbu majmua sazzizta 5 qavatli binodan tashkil topgan va 2,12 gektar maydonni egallagan. Xaridorlarni sokin joy, toza havo va hamyonbop narxlar kutmoqda. Bir, ikki va uch xonali xonadonlar sotuvda.
Majmualar puxta o‘ylangan me’morchiligi va zamonaviy yechimlari bo‘lgan obod qilingan hududi bilan o‘ziga jalb qiladi. Ular yorqin bolalar maydonchalari bilan jihozlangan va undagi ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda ilhomlanish va hordiq chiqarish mumkin. Shuningdek, zamonaviy avtoturargohlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, xavfsizlik tizimlari joriy qilingan. Har bir turar joy majmuasi o‘zgacha muhitga ega, ammo ularni bir narsa birlashtirib turadi — har qanday insonga manzur bo‘la olishi, ko‘rimsiz binolardan farq qilib turishi va oilangiz uchun ajoyib uy bo‘la olishi.
Eng qiziq jihati shuki, ayni damda Assalom turar joy majmualarining biridan xonadon xarid qilsangiz, Turkiyaga ikki kishilik sayohatni yutib olish imkoniyatini taqdim etuvchi aksiya ishtirokchisiga aylanasiz. Ehtimol, bu yutuq aynan sizga nasib qilar!
Tayyor ta’mirlangan xonadonlarni xarid qiling va Golden House bilan birgalikda hayotingizning yangi bosqichini boshlang!
Assalom Maxtumquli turar-joy majmuasi: Maxtumkuli ko‘chasi
Assalom Sohil turar-joy majmuasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi
Assalom Do‘rmon yo‘li turar-joy majmuasi: Temur Malik i Do‘rmon yo‘li kesishgan ko‘cha
Assalom Havo turar-joy majmuasi: Ohangaron shoh ko‘chasi, 58-harbiy shaharcha. Mo‘ljal: "4-Bekat" yerusti metro bekati
Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi