Asosiy dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati (ADVR) tasdiqlandi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq ADVR O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda, xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda, xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish, mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ADVRga kiritiladi. Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.

Yangi ro‘yxatga dori vositalarining 43 guruhi bo‘yicha preparatlar dozalari ko‘rsatilmagan holda berilgan. Xususan, asosan markaziy nerv tizimiga ta’sir qiluvchi, psixotrop dori vositalari, analgetik vositalar, asosan periferik xolinergik jarayonlarga ta’sir qiluvchi dori vositalari va boshqalar kiritilgan.

Ro‘yxat Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.

Mazkur buyruq bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3045, 27.07.2018 y.) bilan tasdiqlangan asosiy dori vositalari ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotadi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV dori

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing