Kel yarashaylik... Putin kelishmovchiliklarga qaramay Lukashenkoni qutladi
Olam
−
04 iyul 2020
9864Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin siyosiy qarashlardagi qarama-qarshiliklarga qaramay Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga mamlakat Mustaqillik kuni munosabati qutlov telegrammasini yubordi.
Tabriknomada Rossiya va Belarus munosabatlari do‘stlik va ittifoqchilik ruhida rivojlanayotgani urg‘ulangan.
“Ishonamanki, kelajakda biz rossiya-belarus munosabatlarini rivojlantira olamiz. Shuningdek, Ittifoqchi davlat va Yevroosiyo iqtisodiyo ittifoqi, MDH va KXSHT (Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti) doirasida konstruktiv hamkorlik taraqqiy etadi”, degan Putin tabrigida.
Bu rivojlanish qardosh xalqlar manfaatiga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Lukashenko o‘rtasidan olamushuk o‘tgani 24 iyun kuni Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida ommaga sezilgandi. Xususan, parad vaqti Qizil maydonda Prezidentlar alohida-alohida o‘tirishi ham ikki rahbarning araziga bog‘landi.
Bundan tashqari, parad vaqtida Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li bilan qo‘l berib ko‘rishmay, uning yonidan o‘tib ketdi.
Rossiya va Belarus Prezidentlarining birga turishni istamayotgani “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘yish vaqtida yaqqol namoyon bo‘ldi. Lukashenko Putinning yonida o‘zi uchun qoldirilgan joyga turmasdan, o‘tib ketdi.
LiveBarchasi