Prezident qarori bilan jamoatchilik nazoratiga oid dastur qabul qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadi etib quyidagi pirovard natijalarga erishish belgilangan: 

•    Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;
•    jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish;
•    Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish;
•    odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro‘sini oshirish va chinakam mustaqilligini ta’minlash;
•    davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xalq manfaati yo‘lida xizmat qiladigan idoralarga aylantirish;
•    Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida yanada mustahkamlash, mulk daxlsizligini kafolatlash.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Jamoatchilik nazorati

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing