Ashxobodda yigit va qizlarning birga yurishi taqiqlandi – OAV

Olam

image

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda mahalliy politsiya o‘g‘il va qiz bolalarning xiyoborlarda birga bo‘lishni taqiqladi. Bu haqda “Nastoyasheye vremya” yozmoqda.

“Militsiya xodimlari yoshlarning hujjatlarini tekshirmoqda, ko‘pincha bu poytaxtning Ilhom bog‘ida ko‘zga tashlanmoqda. Agar yigit qiz uning singlisi ekanini aytsa, u holda buni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, agar qiz yigitning kursdoshi bo‘lib chiqsa, u holda yoshlar mahkamaga olib ketiladi. So‘ngra ularning shaxsiga aniqlik kiritish va ota-onasiga xabar berish maqsadida ta’lim muassasasiga murojaat qilinadi. Shuningdek, holat yuzasidan universitet rahbariyati ham xabardor qilinadi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday harakatlarning sababi bo‘yicha hozircha izoh bermagan.

Bunga qadar, Turkmaniston poytaxtida kaltaroq kiyim kiygan erkaklar va ayollar politsiya tomonidan to‘xtatilar va ogohlantirilardi. Mahalliy OAVning qayd etishicha, joriy yilning iyul oyida Farob va Darg‘onatda politsiya ayollarni “jinsi” shim yoki kalta ko‘ylak kiygani, shuningdek sochini bo‘yagani uchun ham to‘xtatib so‘roq qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

770

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing