AQSHda “shatdaun”ning oldini olish harakatlari boshlandi
Olam
−
12 fevral 2019
8279AQSHda Demokratlar va Respublikachilar mamlakatning janubiy chegaralari havfsizligini ta’minlash va “shatdaun”ning oldini olish bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazdi.
Respublikachilardan bo‘lgan senator Richard Shelbining so‘zlariga ko‘ra, kongressmenlar uzoq davom etgan yopiq majlisda kelishuvga erishgan. VVSning yozishicha, kelishuv tafsilotlari keyinroq ochiqlanadi.
Kongressmenlar kelishuvini Texas shtatida bo‘lib turgan AQSH prezident Donald Tramp ma’qullaydimi yoki rad qiladimi hozircha noma’lum.
“Biz har qanday sharoitda ham devorni quramiz”, degan senator Shelbi.
Muzokara ishtirokchilari kelishuvni dushanba kuni imzolashga umid qilgan. Shu tariqa ular Kongressga byudjetni tasdiqlash uchun qonun qabul qilishga vaqt ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgach, buni iloji bo‘lmagan va keyinroq kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 35 kun davom etgan “shatdaun” – federal hukumat ishining to‘xtatilishi joriy yilning 25 yanvar kuni nihoyasiga yetdi. Ammo “shatdaun” 15 fevral kuni qayta boshlanishi mumkin. Negaki, hukumat idoralariga 15 fevralga qadar moliyaviy mablag‘ ajratilgan.
AQSHda Hukumat va Kongress o‘rtasidagi mojarolar Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish rejasini amalga oshirishga bel bog‘lagani ortidan boshlandi. Parlament devor qurilishi uchun Tramp so‘ragan 5,7 mlrd dollarni byudjetga kiritishni istamayapti.
LiveBarchasi