AQSH Maduroga yangi sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
Olam
−
07 mart 2019 5446 1 daqiqa
AQSH tomoni Venesuyela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi yangi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Rasmiy Vashington Maduroga tegishli mablag‘lardan foydalanishni kengaytirishni va uning hokimiyat tepasida qolishi uchun zarur bo‘lgan pullarni yo‘qotish uchun kiritilayotgan sanksiyani ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida AQSHning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Fox Business Network nashriga ma’lum qilgan.
AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan muxolifat yetakchisi Guaydo Maduroga davlat xizmatidagi xodimlarning ish tashlashlari bilan bosim o‘tkazishni istamoqda. Shu boisdan, u hukumatga Maduroni ag‘darishga qaratilgan yangi noroiziliklar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda.
“Hukumatdagilar bosim kuchaygan deb o‘ylashmoqda. Biroq ular bilishsinki bu bosimning ilk ko‘rinishidir” deydi Guaydo matbuot anjumanida.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr