Asaubayeva Norvegiyada o‘tkazilayotgan turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
14:10 2124 1 daqiqa
Kecha, 4 iyun kuni qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva Norvegiyada o‘tkazilayotgan nufuzli “Norwegian Chess” ayollar turnirida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Musobaqaning to‘qqizinchi turida Asaubayeva ukrainalik Anna Muzichukga qarshi bahs olib bordi. O‘yin durang bilan yakunlandi, biroq ushbu natija ham qozog‘istonlik shaxmatchiga musobaqa tugashiga bir tur qolganda birinchi o‘rinni ta’minlash uchun yetarli bo‘ldi.
Yakuniy bosqichga qadar Bibisora 16,5 ochko bilan umumiy jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchisi Anna Muzichuk 11,5 ochko to‘plagan. Keyingi o‘rinlarda hindistonlik shaxmatchi Divya Deshmux va xitoylik Chju Sziner 10 ochkodan to‘plashdi.
Shu tariqa, yakuniy tur natijalaridan qat’i nazar, Asaubayeva raqiblari undan o‘zib ketib bo‘lmas darajaga chiqdi va nufuzli shaxmat turniri g‘olibligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
Yakuniy bosqichda qozog‘istonlik shaxmatchi musobaqa chempioni sifatida partiya o‘tkazadi.
Live
Barchasi