Asakada uy yonib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 28 iyul kuni Andijon viloyati Asaka tumanida fuqaroning uyida tashkil qilingan avtoservis yonib ketdi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 18:21 da Asaka tumani “Ne’matobod” MFY Yangiobod ko‘chasida joylashgan fuqaro S.A. ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida 112 tizimi orqali Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan soat 18:26 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 18:54 da batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida aholi yashash xonadonining 70 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Andijon viloyat prokuraturasiga ko‘ra,mazkur holat yuzasidan viloyat prokurori tomonidan tashkil etilgan guruh  voqea joyiga borilgan holda o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumani “Nematobod” MFY Yangiobod ko‘chasi 42-uyda tashkil etilgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shohobchasida ishlovchi S.A. ismli shaxsni extiyotsizlgi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida S.A. ismli shaxs hodisa joyida  vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida uy va qurilish mollari do‘koni yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon Asaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing