Qibrayda uy va do‘kon yondi

3-sahifa

image

Bugun, 23 iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida uy va qurilish mollari do‘koni yondi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:50 da “G‘ofur G‘ulom” MFYdagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da yong‘in joyiga yetib borgan. 11:17 da yong‘in o‘rab olinib, 11:50 o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Bildirilishicha, yong‘in sabablari va zarari anqilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi qurilish ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qibray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing