Asakada prokuror o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgani rostmi?

3-sahifa

image

Andijon viloyatida firibgarlik yo‘li bilan bir fuqarodan 15 000 AQSH dollarini olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibida qo‘lga olingan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ushlangan ushbu shaxs Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari ekani haqida ham xabarlar tarqaldi. Ammo Bosh prokuratura buni rad etib chiqdi.

“Shuni qayd qilish lozimki, Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari tadbirda pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Asaka prokuror o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing