“Asakabank”ning $500 mingni uxlatgan ikki xodimi qidiruvga berildi

Jamiyat

image

“Asakabank” AJning bank va davlat manfaatlariga yarim million dollardan ortiq zarar keltirgan ikki nafar xodimi qidirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi Murodov (sobiq), kreditlash bo‘limi boshlig‘i Yadgarov, “Asakabank” AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyev Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni qo‘lga kiritish maqsadida “Grand Buxara Agro” MCHJ rahbari Bahronov, “Kafil sug’urta” MCHJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonov bilan o‘zaro jinoiy til biriktiradi.

Natijada xorijiy valyuta asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yo‘naltiriladi. Kredit qaytarilishini ta’minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga 503 ming AQSH dollari miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda bank sobiq boshqaruvchisi Murodov va bosh ofis Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyevga qidiruv e’lon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari sud oldida javob bermoqda.

Avvalroq “Xalq banki”ning Andijon viloyati filiali Amaliyot bo‘limining 13 nafar  xodimi 4,6 milliard so‘mni o‘zlashtirgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

540

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing