“Asaka” ATB raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
25 fevral 2019 8465 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq
Sur’at O‘tkurovich Zokirov “Asaka” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib;
Abbosxon Mahamat o‘g‘li Mahamatov hamda Boboxon Rustamovich Abdullayev “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.