Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning jangi muddatidan oldin yakunlandi
Sport
−
30 Sentabr 2023 10944 1 daqiqa
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Shukurovning ma’lum qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining 7-kunida boks dasturi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tgan. Unda -71 kilogramm vazn toifasining ikki nafar jahon chempioni – o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenov o‘zaro to‘qnash kelgan.
Dastlabki ikki raundni o‘z foydasiga hal qilgan Mo‘ydinxo‘jayev afsuski 3-raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Shu tariqa mazkur vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi o‘yinlardagi ishtirokini erta yakunlaydigan bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr