Asadga boshpana berish qarorini Putin qabul qilgan – Peskov

Olam

image

 

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga siyosiy boshpana berish qarorini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Suriyani tark etgan Bashar Asad va uning oila a’zolari Moskvaga yetib kelgan edi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, uni mamlakatga kiritish va noma’lum muddat joy berish qarorini Putinning o‘zi qabul qilgan.

Shu bilan birga, Peskov hozirda Asadning qayerda ekanligi haqida jurnalistlarga aytadigan gapi yo‘qligini va u bilan uchrashuv Putinning rasmiy dasturiga kiritilmaganini qo‘shimcha qilgan.

U, shuningdek, Kreml Asadga Rossiyadan boshpana berish to‘g‘risida rasmiy bayonot berishi “mutlaqo keraksiz” ekanini ta’kidlagan.

“Biz buni qilishimiz shart emas”, degan u.

Peskov Suriyadagi vaziyat haqida gapirar ekan, u yerda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoni hayratda qoldirgani va Kreml bu holatdan istisno emasligini aytgan. Putin matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Suriya “beqarorlik bilan bog‘liq juda og‘ir davrni” kutmoqda, biroq Kreml Suriya ishlari bo‘yicha barcha mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrga o‘tar kechasi qurolli muxolifat jangarilari Damashqqa kirib kelib, Asad rejimini qulatgan edi. Shundan so‘ng, Bashar Asad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etgandi. 8 dekabr kuni tushdan keyin Rossiya TIV Asad “Suriya Arab Respublikasi hududidagi qurolli mojaroning qator ishtirokchilari” bilan muzokaralardan so‘ng prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilganini va mamlakatni tark etganini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing