Artur Taymazovning olimpiya oltin medali boshqa sportchiga o‘tdi

Sport

image

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) o‘zbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazovning 2012 yildagi London Olimpiadasida qo‘lga kiritgan oltin medalini boshqa sportchiga berish haqida qaror chiqardi.

XOQ qarori bilan medal rosiyalik erkin kurashchi Bilol Maxovga nasib qildi.

London Olimpiadasining 120 kg vazngacha bo‘lgan toifasida Artur Taymazov gruziyalik David Modzmanishvilini mag‘lub etgan edi.

Har ikki finalchining doping-tahlilarida taqiqlangan moddalar topilgach, musobaqa natijalari ko‘rib chiqildi. Taymazov va Modzmanishvilini taqiqlangan moddalar sabab London-2012 natijalaridan chiqarib tashlandi.

Natijada Maxov va eronlik Komil Qosimi 2012 yildagi Olimpiada oltin medallarini oladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprel oyida Artur Taymazov aynan doping sababli Pekin-2008 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan oltin medalidan ham mahrum qilingan va u rossiyalik Baxtiyor Ahmedovga berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Taymazov

Baholaganlar

586

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing