Artur Taymazov urushga boradi

Sport

image
0:00
0:00
download

Erkin kurash bo‘yicha 2004 yilgi Olimpiada chempioni, Rossiya Davlat dumasi deputati Artur Taymazov Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda Wargonzo loyihasining Telegram kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Taymazovning tanlovi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Sportchi faoliyatining katta qismini erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida o‘tkazgan. 2004 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari, kurashchi 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan, biroq keyinchalik doping-testlarida taqiqlangan moddalar topilgani sababli u ikkita medaldan mahrum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Artur Taymazovning akasi Timur Taymazov Ukraina terma jamoasi tarkibida og‘ir atletika bo‘yicha 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lgan.

Avvalroq, ko‘plab boshqa rus sportchilari ham harbiy operatsiyalarga jalb qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2685

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing