Arteta APLning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylanadi – OAV
Sport
−
15:44 1285 1 daqiqa
“Arsenal” bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirmoqchi va bu uni Angliya Premer-ligasida (APL) eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantiradi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 19 may kuni “Arsenal” 2003-2004 yilgi mavsumdan beri ilk bor Angliya Premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi. 44 yoshli Artetaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi va uning hozirgi maoshi yiliga taxminan 17,4 million yevroga teng.
Manbaga ko‘ra, Artetaning londonliklar bilan yangi shartnoma maoshining sezilarli darajada oshishini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda APLda eng ko‘p maosh oladigan murabbiy “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasiga ko‘ra, yillik maoshi kamida 23 million yevroga teng.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta 2019 yildan beri “Arsenal”ni boshqarib kelmoqda. U bundan oldin Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi murabbiylar shtabida ishlagan.

Live
Barchasi