“Arsenal” rahbariyati jamoa sardorini sotib yubormoqchi 

Sport

image

“Arsenal” sardori Per Emerik Obameyang yozda London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “kanonirlar” 32 yoshli gabonlik hujumchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Obameyangning o‘yinidan norozi va klub rahbariyati uning maoshini pasaytirmoqchi.

Obameyang 2018 yilda Dortmundning “Borussiya” klubidan “Arsenal”ga o‘tgandi. Gabonlik hujumchi o‘tgan mavsum APLda 29 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 3 golli uzatma muallifi bo‘lgan. 2009 yildan buyon Gabon terma jamoasi safiga chaqiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Per Emerik Obameyang Angliya Premer ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Brentford” ga qarshi o‘yinni (0:2) jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Mikel' Arteta P'er Emerik Obameyang Kronke

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing