“Arsenal”ning sobiq o‘yinchisi klub bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubiga 37 yoshli ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta bosh murabbiy etib tayinlandi.

Klub rasmiy saytida xabar berilishicha, Mikel Arteta “to‘pchilar” bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Shu tariqa Arteta Unai Emeri bo‘shatilganidan keyn uning vazifasini bajarayotgan Frederik Yunbergning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Arteta 2011-2016 yillarda “Arsenal”da to‘p surgan. U klub bilan ikki karra Angliya Kubogi va Superkubogini yutgan.

Mikel Arteta bunga qadar “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning assistenti sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal”n 1996-2018 yillar davomida uzluksiz boshqargan fransiyalik mutaxassis Arsen Venger lavozimin tark etgach, uning o‘rnini ispaniyalik Unai Emeri egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Mikel' Arteta

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing