“Arsenal” London derbisida “Tottenxem”ni yengdi
Sport
−
01 Oktabr 2022 4374 2 daqiqa
Bugun, 1 oktyabr kuni “Arsenal” hamda “Tottenxem” jamoalari Angliya Premer ligasining 9-turi doirasida kuch sinashdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan “Arsenal” ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Bu 20-daqiqaga kelibgina o‘z samarasini berdi Tomas Parti gol muallifiga aylandi. 31-daiqada Xarri Keyn penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda ham Arteta shogirdlari ishonchli harakat qilishdi. 49-daqiqada Gabriel Jesus “Arsenal”ni yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi. Shundoq ham ustunlikni raqiblariga berib qo‘ygan “shporlar” 62-daqiqaga kelib bir kishi kam bo‘lib qoldi. Emersonga hakam tomonida qizil kartochka ko‘rsatildi. Bundan “to‘pchilar” unumli foydalanishi kutilgandi. 67-daqiqada Granit Jaka “Arsenal”ning uchinchi goli muallifiga aylandi. Hisobni o‘zi uchun foydali ko‘rinishga keltirgan “Arsenal” ketma-ket hujumlar tashkil qilishdan charchamadi. Biroq uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, London derbisi “Arsenal”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Arsenal” – “Tottenxem” 3:1.
Gollar: 1:0 – Tomas Parti (20), 1:1 – Xarri Keyn (31’p), 2:1 – Gbriyel Jesus (49), 3:1 – Granit Jaka (67).
Arsenal: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.
Tottenxem: Loris, Emerson, Dayer, Langle, Romero, Perishich, Xeyberg, Bentankur, Son Xyon Min, Keyn, Risharlison.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025