“Arsenal”ga qaraganda tajribamiz ko‘proq – Tuxel

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak final doirasida “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu mavsumda biz Bundesligadan farqli ravishda YeCHLda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqdamiz. Minimal maqsadga erishdik, chunki chorak finalga sanoqli jamoalar chiqa oladi. Endi hamma narsa omadga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hakamlarning bir-ikki qarori ham bahs taqdirini hal qiladi. Biz yarim finalga chiqmoqchimiz. Arteta qo‘l ostida “Arsenal”ning o‘yini o‘zgardi. Klub dunyodagi eng qiyin ligada peshqadamlik qilmoqda, ammo biz kuchli tomonlarimizdan qanday foydalanishni yaxshi bilamiz.“Arsenal”ga qaraganda YeCHLda ko‘proq tajribamiz bor”, deydi Tuxel

Ma’lumot uchun, “Arsenal” - “Bavariya” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 10 aprelga o‘tar kechasi Londonda bo‘lib o‘tadi. Bahsni Glenn Nyuberg boshchiligidagi shvetsiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Bavariya Tomas Tuxel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing