“Arsenal” Braziliya terma jamoasi futbolchisini sotib oldi

Sport

image

“Arsenal” Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Gimaraesning “Nyukasl”dan transferi “Arsenal”ga 75 million funt sterlingga (taxminan 87,5 million yevro) tushgan.

Gimaraes 2022 yildan buyon “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelayotgan va jamoa sardori hisoblangan.

Ma’lumot uchun, Bruno Gimaraes Braziliya milliy terma jamoa safida 48 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan. Shuningdek, u Braziliya olimpiya terma jamoasi bilan Tokio Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing