“Arsenal” “Barselona” va “Real” futbolchilari bilan muzokara o‘tkazmoqda

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi joriy yozda o‘z safiga bir qator kuchli futbolchilarni qo‘shib olish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. 

Ayni paytda “kononirlar” Kataloniyaning “Barselona” klubidan braziliyalik forvard Malkomni xarid qilish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati futbolchini sotib yuborishga qarshi emas. Ammo transferdan 40 mln yevro ishlab olishni maqsad qilmoqda. Londonliklar esa futbolchi uchun 30 mln taklif qilmoqda.

Shuningdek, “Arsenal” “Real” vingeri Lukas Vaskesni ham Angliyaga ko‘chirib kelish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Qizig‘i jamoa bu futbolchi uchun ham 30 mln yevrolik taklif yuborgan. Ma’lum qilinishicha, madridliklar bu taklifga rozi bo‘lishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” himoyachisi Samuel Umtiti ham “Arsenal” futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Arsenal Malkom Lukas Vaskes

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing