“Arsenal” APLni ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Kecha, 5 avgust kuni Londondagi “Selxerst Park” stadionida Angliya Premer ligasi yangi mavsumining ochilish uchrashuvida “Arsenal” “Kristal Pelas” bilan kuch sinashdi.

Bahs 2:0 hisobida “to‘pchilar” foydasiga hal bo‘ldi. Dastlab, o‘yining 20-daqiqasida Gabriel Martinelli ukarinalik himoyachi Aleksandr Zinchenko tomonidan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Uchrashuv yakunida esa “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexi avtogol muallifiga aylandi. Shu tariqa, “Arsenal” Angliya chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshlab oldi.

“Kristal Pelas” – “Arsenal” 0:2

Gollar: 0:1 – 20 (daqiqa), Martinelli, 0:2 – 85, avtogol Gexi.

Kristal Pelas – Guaita, Klayn, Andersen, Gexi, Mitchell, Shlupp (Xyuz, 86), Eze (Ebiovey, 86), Dukure (Milivoyevich, 75), Ayyu, Zaa, Eduar (Mateta, 58).

Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 83), Djaka, Parti, Edegor (Lokonga, 90), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 83), Martinelli.

Ogohlantirishlar: Jaka (44), Uayt (60), Klayn (64).

Ma’lumot uchun, keyingi turda “Kristal Pelas” safarda “Liverpul” bilan o‘ynaydi. “Arsenal” esa o‘z maydonida “Lester”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Kristal Pelas” “Arsenal”

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing