Arnold qachon “Real” futbolchisiga aylanishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold 2025 yilning 1 iyulida rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda futbol jurnalisti Sasha Tavoleri X sahifasida ma’lum qildi

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchining agentlari “qaymoqranglilar” bilan mavsumiga 15 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnomaga kelishib olgan.

Qayd etilishicha, Aleksandr-Arnold “Real” bilan shartnoma imzolagani uchun qo‘shimcha bonus olishi kutilmoqda. “Transfermarkt” Trentni 75 million yevroga baholamoqda.

“Liverpul” so‘nggi haftalarda 26 yoshli futbolchini yana shartnoma imzolashga ko‘ndirishga harakat qilmoqda, biroq Aleksandr-Arnold bor e’tiborini “Real”ga o‘tishga qaratgan va ingliz futbolchisining qarori o‘zgarmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Liverpul' Trent Aleksandr-Arnol'd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing