Armanistonda otishma sodir bo‘ldi. Qurbon bor (video)

Olam

image

Bugun, 18 fevral kuni Armaniston poytaxti Yerevanning Ajapnyak tumanida sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi jarohat oldi. Bu haqda “Armlife” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yetti kishi tibbiy markazga olib ketilgan, u yerda bir kishi vafot etgan, yana ikki kishi og‘ir ahvolda. Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiy xizmatlar otishma joyida ishlamoqda. Hodisa tafsilotlari, shuningdek, kim o‘t ochgani haqida ma’lumot yo‘q.

Otishma avtomat va to‘pponcha yordamida Abelyan ko‘chasi, 9-uyda sodir bo‘lgan. Bir guruh shaxslarga qarshi qotillikka urinish va qurol hamda o‘q-dorilarni noqonuniy saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Otishma joyida bir nechta gilzalar, pichoq va o‘q teshiklari bo‘lgan Lexus topilgan. Politsiya jabrlanuvchilar va marhumning shaxsini, shuningdek, transport vositasi egasini aniqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda hokimiyatni ag‘darishga urinish bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston otishma Ajapnyak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing