Armanistonda muxolifat Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda
Olam
−
27 fevral 2021
4630Armaniston poytaxti Yerevan markazida muxolifat mitingi bo‘lib o‘tmoqda. Norozilar Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilyapti. Bu haqda “Golos Armenii” xabar berdi.
Miting mahalliy vaqt bilan 15:00 da Marshal Bagramyan prospektidagi Armaniston Milliy Majlisi (parlament) binosi oldida boshlandi. Nashrning yozishicha, bino yonida chodirlar o‘rnatilgan. Parlament panjarasi bo‘ylab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari saf tortgan.
Muxolifatdagi “Vatanni qutqarish harakati” bayonotiga ko‘ra, Hukumat harbiy asirlar va bedarak yo‘qolganlar muammosi haqida spekulyatsiya qilib, Bagramyan prospektida provokatsiya uyushtirmoqchi.
“Biz fuqarolarni provokatsiyalarga berilmaslikka chaqiramiz. Politsiyadan vaziyatni kuzatib borishini va istalmagan hodisalar va oqibatlarning oldini olishni talab qilamiz. Aks holda, oqibatlar uchun mas’ullar javobgardir”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral, Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.
Keyinchalik, Yerevanda keskinlikning kuchayishi ortidan Pashinyan o‘z tarafdorlari bilan poytaxt ko‘chalari bo‘ylab yurish o‘tkazdi va Respublika maydonida bir necha bayonotlar berdi.
Shundan so‘ng, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Respublikadagi vaziyatni muhokama qildi.
LiveBarchasi