Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga va YeI a’zoligiga nomzod bo‘lishga tayyor. Bu haqda respublika parlamenti spikeri Alen Simonyan ma’lum qildi.

“Bizning harakatlarimiz shuni ko‘rsatadiki, bizda allaqachon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan ko‘plab hamkor davlatlarga qaraganda demokratiya bo‘yicha yaxshi natijalar mavjud. Buni biz aytmayapmiz, Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarimiz aytmoqda. Menimcha, biz shu yo‘nalishda o‘ylashimiz kerak. Lekin men shoshmoqchi emasman. Davlat masalasida keskin qadamlar qo‘yish yaxshi emas”, deydi Simonyan.

Uning aytishicha, Armaniston o‘zini to‘la xavfsizlik bilan ta’minlaydigan yo‘nalishda harakat qiladi.

“Bugun demokratik mamlakat bo‘lish bizning eng katta xavfsizlik tarmog‘imizdir”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir Nikol Pashinyan Armaniston KXSHTdagi faoliyatini to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qilgandi. Yevroparlament esa Yevropa Ittifoqini Ozarbayjonga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made