Armaniston yana Ozarbayjonni o‘qqa tutdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bugun, 14 mart kuni respublika Qurolli kuchlarining Armaniston bilan chegarasi va Qorabog‘dagi pozitsiyalari o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. 

“13 mart oqshomidan 14 mart ertalabgacha Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari 19 marta uzilishlar bilan o‘qqa tutildi”, deyiladi xabarda. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kalbajar viloyatining Istisu va Mallabayramli, Lochin viloyatining Jagazur, Dashkesan viloyatining Astaf va Tezekend aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini turli kalibrli o‘qotar qurollardan o‘qqa tutgan.

“Bundan tashqari, Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli tuzilmalari a’zolari Ozarbayjon armiyasining Xo‘jayli viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi”, deyiladi xabarda. 

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari “adekvat javob choralarini ko‘rgan”.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi joriy yilning 5 mart kuni ertalab Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari harbiy yuklarni noqonuniy yetkazib berayotgan arman avtomobilini tekshirish uchun to‘xtatmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil yo‘lovchilari Ozarbayjon harbiylariga qarata o‘t ochgan. Otishma oqibatida Ozarbayjon Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Armaniston tomoni uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon ayni vaqtda Armanistonni Qorabog‘ga qurol-yarog‘, minalar va o‘q-dorilar to‘playotganlikda ayblamoqda.

O‘z navbatida Armaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, Ozarbayjonning yangi tajovuzni boshlashiga yo‘l qo‘ymaslik va Tog‘li Qorabog‘ga Armaniston qurolli kuchlari joylashtirilgani haqidagi Ozarbayjon ma’lumotlarini tekshirish uchun xalqaro faktlarni o‘rganish missiyasini yuborishga chaqirgandi. Shuningdek, Ozarbayjon xalqni bo‘ysundirish uchun Tog‘li Qorabog‘ni etnik tozalash va genotsidga duchor qilishga tayyorlanayotganini qayd etdi. Rasmiy Baku esa bu da’volarini bema’nilik deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing