Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi

Olam

image
Pashinyan Baku oldiga uchta shart qo‘ydi north_east

Pashinyan Baku oldiga uchta shart qo‘ydi

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasining asosiy tamoyillari bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Yerevanda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Parlament assambleyasi kuzgi sessiyasining ochilish marosimida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

"Bizda Armaniston-Ozarbayjon tinchlik jarayoni haqida yaxshi va yomon xabarlar bor. Tinchlikning asosiy tamoyillari Ozarbayjon bilan kelishib olingani yaxshi. Bu Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti [Ilhom Aliyev] bilan uchrashuvlarim natijasida sodir bo‘ldi. Eng muhim yomon xabar shundaki, biz hali ham turli diplomatik tillarda gaplashamiz va ko‘pincha bir-birimizni tushunmaymiz. Buning ob’ektiv sabablari bor: uzoq muddatli mojaro, minglab qurbonlar, o‘nlab mahbuslar, o‘nlab yillar davomida hukmronlik qilgan nafrat muhiti va bu konstruktiv bayonotlar yomon niyatlarni yashiradi degan shubhalar. Mening aytganlarim ozmi-ko‘pmi Armanistonga ham, Ozarbayjonga ham tegishli”, degan Pashinyan.

Shuningdek, Bosh vazir Yerevan Bakuga mahbuslar masalasini hal etish va ularni “hamma uchun hamma” tamoyili asosida almashishni taklif qilganini aytgan.

“Biz Ozarbayjonning o‘nlab mahbuslarni ushlab turish borasidagi izchil yondashuvini tushunmayapmiz, garchi biz bu muammoni tinchlik kun tartibiga mos keladigan formula – “hammasi uchun hamma” bo‘yicha hal qilishni uzoq vaqtdan beri taklif qilgan bo‘lsak-da,” deydi u.

O‘z navbatida, Ozarbayjon tomoni ham tinchlik shartnomasini tuzish orqali Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatiga ishonmoqda. 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Hikmet Hojiyevning aytishicha, Bakuning Qorabog‘dagi amaliyoti bu yo‘ldagi asosiy to‘siqni olib tashlagan.

“Biz bu ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik va adovatga chek qo‘yish va Ozarbayjon Armanistonga taqdim etgan 5 tamoyilga asoslangan barqaror tinchlik o‘rnatish uchun tarixiy imkoniyat, deb hisoblaymiz”, deya tushuntirdi Hojiyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qorabog‘ masalasi YeXHTning Minsk guruhi tomonidan yopilishi kerak edi, biroq u muvaffaqiyatga erisha olmadi. Hojiyevning ta’kidlashicha, Baku o‘z hududidagi vaziyatni o‘zi hal qilgan.

“Hozir Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik va normallashtirishni ustuvor vazifa sifatida tanlamoqda. Lekin har qanday tinchlik jarayoni ikki tomonning ishtirokini talab qiladi. Armaniston ijobiy va yaxshi niyatlarini namoyish qilishi kerak. Biz Armanistonga yangilangan beshinchi tinchlik bitimini taqdim etdik, biroq ular ikki oydan beri javob berishmayapti”, deya xulosa qiladi Aliyevning maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made