Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyor – Pashinyan shartini aytdi
Olam
−
22 may 2023
8456Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan armanlar xavfsizligi ta’minlangan taqdirda (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.
Pashinyanning aytishicha, Bosh vazir hududiy yaxlitlik xalqaro munosabatlarda birlamchi va eng muhim tamoyilga aylanib ulgurgan. Shuningdek, u Yerevan tan olishga tayyor bo‘lgan Ozarbayjon hududiga Qorabog‘ ham kirishini aytib o‘tgan.
“Ozarbayjonning 86,6 ming kvadrat kilometr maydoniga Tog‘li Qorabog‘ ham kiradi, ammo Stepanakert-Baku muloqotida Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalasi muhokama qilinishi kerak”, deydi Pashinyan.
Bosh vazir AQSH vositachiligida Vashingtonda o‘tkazilgan Armaniston-Ozarbayjon muzokaralari ijobiy natija berganini ham qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Bryusselda muzokaralar o‘tkazib, Janubiy Kavkazda transport va iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash bo‘yicha muloqot qilgan edi. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Aliyev va Pashinyan Bryusselda beshinchi uchrashuvini o‘tkazganini aytgan. Mishel ikki davlat rahbarlarining Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatish uchun umumiy irodasi mushtarak ekanini ta’kidlagan.
LiveBarchasi