Armaniston rahbariyati xalqi manfaatlarini o‘ylamayapti – Zaxarova

Olam

image

 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga Minskka borish niyati yo‘qligi, 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Bunga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Armanistonning KXSHT tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortishi uning xalqi manfaatlariga javob bermasligini bildirdi.

“Biz bu holat arman xalqining uzoq muddatli manfaatlariga javob berishiga va do‘st mamlakat xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashiga ishonmaymiz”, deydi Zaxarova.

Shuningdek, u Yerevan uchun eshik ochiq qolishi va arman ittifoqchilari yaqin kelajakda bu imkoniyatdan foydalanishiga umid qilishini aytgan.

KXSHTga a’zo davlatlar vazirlari va davlat rahbarlarining uchrashuvlariga Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko mezbonlik qiladi. Armaniston tomoni Belarusdagi delegatsiya tarkibi qanday bo‘lishini rasman tasdiqlamadi. 

Ma’lumot uchun, tashkilotga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi va Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishlari 2024 yilning birinchi yarmida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

KXSHTga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. 2024 yilda tashkilotga Qozog‘iston tomoni raislik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Mariya Zaxarova Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing