Armaniston Ozarbayjonga o‘q yog‘dirdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bugun, 17 dekabr kuni respublikaning ikki viloyati o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kalbajar viloyatining Zeylik qishlog‘i yo‘nalishida o‘q uzgan. 

Bundan tashqari, Rossiya harbiylari vaqtincha joylashtirilgan hududlardan noqonuniy arman qurolli guruhi a’zolari Lachin viloyatining Nagdali aholi punktida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. 

Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 dekabr kuni Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjonning chegaradosh Kalbajar va Tovuz viloyatlari aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing