Armaniston KXSHTdan Bakuga hujum qilib, o‘ch olishni so‘ramoqda

Olam

image

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov bilan uchrashuvda Bakuning Yerevanga qarshi “harbiy tajovuz”iga aniq javob berish zarurligini aytdi. 

“17 mart kuni Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetovni qabul qildi. Mirzoyan Ozarbayjon tomonidan KXSHTga a’zo bo‘lgan Armaniston suveren hududiga nisbatan amalga oshirilgan harbiy tajovuzga tashkilot tomonidan aniq va maqsadli javob berish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.  

Armaniston Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Qorabog‘da Lochin yo‘lagining to‘silishi natijasida yuzaga kelgan gumanitar vaziyat ham tilga olingan. Mirzoyan Armaniston ittifoqchilari va hamkorlari tomonidan Ozarbayjonning o‘z majburiyatlarini bajarishi va kuch ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lida faol qadamlar qo‘yish zarurligini aytgan. 

20 yanvar kuni Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Varujan Nersesyan “Times” radiosiga bergan intervyusida Yerevan Rossiyaning Ozarbayjon harakatlariga munosabatidan qoniqmaganini, chunki u Moskvadan KXSHT doirasidagi aniq yordam choralariga umid qilishini aytgandi. Shu bilan birga, u Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi “tinchlikni saqlaydigan va o‘z mandatini bajarayotgan” Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mehnatini yuksak qadrlashini bildirgan. Bungacha respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston hozirgi sharoitda 2023 yilda o‘z hududida KXSHT mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. 

23 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Armanistonda “Kavkazda kelishuvga ko‘maklashish” uchun fuqarolik missiyasini tashkil etishni ma’qulladi. Missiyaning ikki yillik mandati “uzluksiz patrullik qilish va vaziyat bo‘yicha [Bryusselga] hisobot berishni o‘z ichiga oladi, bu esa Yevropa Ittifoqining joylardagi vaziyatni tushunishini oshiradi”. 26 yanvar kuni Rossiya TIVda ma’lum qilinishicha, Moskva Yerevan KXSHT missiyasi yo‘nalishidagi ishni mantiqiy yakuniga yetkazmasdan, YeI foydasiga tanlov qilishni afzal ko‘rganini ta’kidladi. Rossiya TIVning aniqlik kiritishicha, Yevropa Ittifoqi vakillarining Armanistonning chegaradosh viloyatlarida paydo bo‘lishi mavjud qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirib, mintaqaga geosiyosiy qarama-qarshilik olib kelishi mumkin. 

Shu bilan birga, Pashinyan 18 fevral kuni Armaniston va KXSHTdagi boshqa hamkor davlatlar Yerevanni tashvishga solayotgan masalalarni hal qilish ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi. 10 mart kuni esa Armaniston KXSHTga tashkilot Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimiga taklif qilingan kvotani rad etgani haqida ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' KXShT Ozarbayjorn-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing