Armaniston KXSHTdagi ishtirokini to‘xtatdi
Olam
−
23 fevral
6622Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi (KXSHT) ishtirokini to‘xtatdi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan “France 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Kollektiv xavfsizlik shartnomasi, bizningcha, Armanistonga nisbatan, ayniqsa, 2021-2022 yillarda amal qilmadi. Bu bizning e’tiborimizsiz qolishi mumkin emas. Biz bu kelishuvdagi ishtirokimizni to‘xtatdik. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘ladi", degan Pashinyan.
Armanistondagi Rossiya harbiy bazasi yopilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, Bosh vazir “hozirda bu haqda gap ketmayotgani”ni aytdi.
Shuningdek, Pashinyan Rossiya rasmiylarining pozitsiyasini tanqid qildi. Uning aytishicha, Rossiya bir necha oy oldin ochiqchasiga Armaniston aholisini hukumatni ag‘darishga chaqirgan. Bosh vazirning fikricha, Moskvadan unga qarshi bunday tashviqot zaiflashmaydi.
“Biz o‘z hududimizdagi noqonuniy harakatlarga toqat qila olmaymiz”, deydi Armaniston Bosh vaziri.
LiveBarchasi