Armaniston qachon YeIga qo‘shilish uchun ariza berishi mumkinligi aytildi
Olam
−
20 Oktabr 2025 2703 1 daqiqa
Armaniston Yevropa Ittifoqiga kirish uchun ariza bermoqchi. Bu haqda “The Caspian Post” xabar berdi.
Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning aytishicha, Armanistonda Yevropa Ittifoqiga kirish masalasi rasmiy davlat siyosatiga aylangan va ariza topshirish uchun biroz vaqt kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat allaqachon Bryussel bilan aloqalarni chuqurlashtirmoqda.
“Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berish niyatida va bu yaqin orada amalga oshishi mumkin. Balki keyingi oy, balki keyingi yil”, deydi Ararat Mirzoyan
Mirzoyan Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni, jumladan, 2021 yildan beri amalda bo‘lgan keng qamrovli va kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitim sezilarli darajada kuchayganini ta’kidlagan.
“Biz allaqachon viza tartibini soddalashtirish jarayonini boshladik. Menimcha, jarayonlar yaxshi ketmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan vazir
Mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq Armaniston YeIga a’zo bo‘lish uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) chiqishga tayyorligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi