Yangi hayot tumani 6 tumandan yer ajratish evaziga tashkil etiladi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
12106O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 29 may kuni Toshkent shahrida Yangi hayot tumanini tashkil etish yuzasidan topshriq bergan edi. Bugun, 5 avgust kuni davlat Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti ushbu masala ham muhokama qilindi.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangi hayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
Prezidentga Yangi hayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlari chegarasining o‘zgarishi to‘g‘risida ham taqdimot qilindi. Shuningdek, Yangi hayot tumanida loyihalashtirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tumanning ma’muriy markazini tashkil etishga oid takliflar ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, Toshkent shahrining Bosh rejasini qayta ko‘rib chiqish, shaharga qo‘shimcha berilayotgan yer maydonlariga uylar, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini oqilona joylashtirish, eng asosiysi, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddi rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa muddatda tayyorlab, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.
LiveBarchasi