Armaniston ham Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Armaniston hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tashabbusi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqdagi qaror mamlakat hukumati tomonidan bugun, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan qonun loyihasini taqdim etar ekan, so‘nggi yillarda Armaniston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida ancha qizg‘in va dinamik aloqalar o‘rnatilayotgani haqida gapirgan.

“Yevropa Ittifoqi turli vaziyatlarda arman demokratiyasini kuchli siyosiy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Yevropa Ittifoqi aslida Armaniston Respublikasi atrofida xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullangan”, degan vazir.

Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston faqat referendum natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi mumkin.

Qonun loyihasi endi mamlakat parlamentiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 2024 yilning 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida yig‘ilishga onlayn formatda qatnashgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan tortishgandi. Armaniston 2024 yilda YeOII raisi hisoblanadi, ammo Pashinyan bir kun avval koronavirus tashxisi qo‘yilganligi sabab sammitga bormagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing