Arxeologlar 4 ming yillik qabrdan xazina topdi – Misrda
Bu qiziq
−
12 yanvar
28815Bugun, 12 yanvar kuni Misrning Memfis shahrida joylashgan Sakkara nekropolidan qadimgi dunyoga tegishli bo‘lgan qimmatbaho xazinalar va sarkofag topildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qabr miloddan avvalgi 2649-2150 yillarga tegishlidir. U tarixiy davrga oid qabrlar va artefaktlarni o‘z ichiga olgan.
“Bu mintaqa tarixi haqida bebaho ma’lumot beradi”, degan yaponiyalik mutaxassis Nozomu Kavay topilmalar haqida gapirib.
Misrning Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, arxeologlar qabrdan nodir xazinalar, yorqin rangli niqob va ikkinchi sulola (miloddan avvalgi 2890-2686) davriga oid kichkina bolaning qoldiqlarini topishgan.
Bundan tashqari, unda dafn marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadimgi Misr ma’budasi Isis va sukunat hamda sirlar xudosi deb atalgan Garpokrat tasvirlangan ikkita terakota haykallari ham bo‘lgan.
Topilmalar orasida Stela, Geroid ismli odamga tegishliligini bildiruvchi yozuv mavjud tosh plita, turli tumorlar va sopol idishlar ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Sakkara Misr poytaxti Memfisning ulkan nekropolidir. U YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ekti bo‘lib, o‘ndan ortiq piramidalar, jumladan mashhur Giza piramidalari, shuningdek Abu Sir, Daxshur va Abu Ruvayshdagi kichikroq piramidalarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Misrning Al-Bahnasa shahridan 2000 yillik 23 ta mumiyo topilgandi.
LiveBarchasi